Sirdaryoda bayram hazrat Alisher Navoiy xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyatidagi barcha tuman-shaharlar, oʻquv muassasalari, korxona, tashkilotlar, mahallalarda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Guliston shahrida boʻlib oʻtgan tantana har yilgi anʼanaga koʻra shaharning “Bilimdonlar maskani” maydonidagi hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyib, buyuk shoirimiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda viloyat hokimligi, turli mehnat jamoalari, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar, milliy madaniy markazlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat musiqali drama teatrida davom etgan bayram tantanasida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev soʻzga chiqib, barchani Oʻzbek tili bayrami bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida ona tilimizni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, sheʼrlar oʻqildi. Shuningdek, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari, milliy raqslar bayramga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
— Ona tilimizni eʼzozlash — Vatanni eʼzozlash degani, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Alisher Nur. — Shu maʼnoda tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun Oʻzbek tili bayrami sifatida keng tantana qilinishidan qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi. Bu, albatta, ona tilimizga boʻlgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring