Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyatida Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi.
Guliston shahridagi “Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi”da boʻlib oʻtgan forumning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisi oʻrinbosari Kim Chang Keon ishtirok etdi.
Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasida doʻstlik va iqtisodiy aloqalarining tobora rivojlanib borayotgani doirasida hududlararo oʻzaro hamkorlik ham yanada kengaymoqda.
Forum dasturiga koʻra, Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning mazkur hududlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha oʻzaro rasmiy muloqotlar, “G2B” va “B2B” formatidagi uchrashuvlar oʻtkazildi. Shuningdek, mehmonlar Guliston hamda Yangiyer shaharlaridagi qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishtirildi. Xususan, Yangiyer shahridagi “Mebelsozlik klasteri”da ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarni koʻzdan kechirildi. “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasining Yangiyerdagi hududida xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumida Janubiy Koreyaning 15 ta yirik va yuqori salohiyatli kompaniyalari hamda 100 nafardan ziyod tadbirkorlari ishtirok etdi. Iqtisodiy anjumanda hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring