“Silk Avia” aviakompaniyasining uchinchi samolyoti Toshkentda kutib olindi

16:06 26 Aprel 2023 Jamiyat
393 0

Bugun, 26-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:05 da “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining uchinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Bu Bangkok Airways aviakompaniyasidan sotib olingan uchta ATR 72-600 samolyotlarining eng oxirgisi. Birinchi ikkita samolyot singari, ushbu samolyot ham Bangkokdan Toshkentga oltita toʻxtash bilan — Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjon orqali uchgan. Yaqin kunlarda samolyot korporativ libosga “kiyinadi” va amaldagi jadvalga muvofiq muntazam reyslarga kiritiladi.

Eslatib oʻtamiz, 25-apreldan “Silk Avia” Oʻzbekiston shaharlariga parvozlarni amalga oshira boshladi. Parvozlarning ochilish marosimida taʼkidlanganidek, aviatashuvchi oʻzini nafaqat poytaxtni hududlar bilan, balki hududlarni ham oʻzaro bogʻlovchi birinchi mintaqaviy loukoster aviakompaniya sifatida namoyon etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?