“SIEMENS” kompaniyasi Oʻzbekistonda malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashadi
Bu toʻgʻridagi anglashuv memorandumi Germaniyaning Myunxen shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Germaniya Hukumatlararo komissiyasi yigʻilishining yakunlari doirasida imzolangan.
Unga koʻra, «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va “Siemens” kompaniyasi Bosh direktori Aleksandr Liberov oʻrtasida tuzilgan kelishuvga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonda elektrotexnika va elektronika sohasida faoliyat yurituvchi malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan xalqaro talablarga mos oʻquv markazi tashkil etiladi.
Memorandumda markazni kerakli texnik qurilmalar, jihozlar va oʻqitish uskunalari bilan taʼminlash, “Siemens” kompaniyasining malakali mutaxassislari ishtirokida taʼlim berish tizimini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar oʻrin olgan.
Tashkil etilayotgan qoʻshma oʻquv markazi oliy taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida “Dual” taʼlim tizimini rivojlantirishga ham hissa qoʻshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring