Shukurjon Gʻoipov Toshkent xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

14:57 22 Dekabr 2022 Siyosat
574 0

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrugʻi bilan Gʻoipov Shukurjon Umarovich 2022-yil 21-dekabrdan boshlab “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov oʻrnini egalladi.

Oʻzbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gʻoipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimida muhandis sifatida boshlagan. 2018-yildan hozirgacha “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airports” AJ respublikaning 11 ta xalqaro aeroporti boshqaruvini amalga oshiruvchi kompaniya hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?