Shomurodovning goli “Roma”ni keyingi bosqichga olib chiqdi. U jamoada qoladimi?

“Roma” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning “Ayntraxt”ga qarshi bahsdagi oʻyinidan mamnunligini bildirdi va uni jamoada olib qolishga qaror qilganini maʼlum qildi. Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi uchun muhim gol urib, jamoasining pley-off bosqichiga chiqishiga katta hissa qoʻshdi.
Gap shundaki, “Roma” Yevropa Ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida “Ayntraxt Frankfurt”ga qarshi maydonga tushdi. Jamoa ushbu oʻyinda faqat gʻalaba qozonsa, keyingi bosqichga yoʻl olishi mumkin edi. Angelinoning golidan soʻng, Rim klubi hujumlar uyushtirishda davom etdi. Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida maydonga tushgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 69-daqiqada ajoyib tarzda hisobni 2:0 ga yetkazdi.
Oʻyindan soʻng, Klaudio Raneri Shomurodovning harakatlariga yuqori baho berdi. U oʻzbekistonlik futbolchini jamoada olib qolishga qaror qilganini taʼkidladi.
“Men unga aytdim: «Sen jamoada qolasan. Aks holda, men kimga jahlimni koʻrsataman?” (kuladi) . U har doim jamoaga ijobiy ruh bagʻishlaydi. Hamjamiyat uni sevadi, futbolchilar ham unga yaxshi munosabatda. U maydonda borini berib oʻynaydi va bu juda muhim», — dedi Raneri.
Oʻzbekistonlik hujumchi soʻnggi paytlarda zaxiradan maydonga tushayotgan boʻlsa ham, oʻz imkoniyatidan unumli foydalanmoqda. Uning tezkorligi, raqib jarima maydonida harakat qilish qobiliyati va aniq zarbalari murabbiyning ishonchini oqlamoqda. Avvalroq Shomurodovning “Venetsiya” klubiga oʻtishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring