Shomurodov va Fayzullayev maydonga tushgan oʻyinda “Bashakshexir” magʻlubiyatga uchradi
Kecha UEFA Konferensiyalar Ligasi musobaqasining soʻnggi saralash bosqichi oʻyinlari start oldi.
Mazkur bosqich doirasida Oʻzbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” jamoasi oʻz maydonida Ruminiyaning “Universitatea Krayova” klubini qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Ruminiya jamoasidan Karlos Mora va Aleksandru Chikaldau mualliflik qildi. “Istanbulliklar”ning yagona javob goli esa Festi Ebosele hisobiga yozildi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va birinchi marta 90 daqiqa toʻliq oʻynadi. “Sofascore” portali uning kechagi harakatlarini 6,3 ballga baholadi.
Yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev ikkinchi taymning 77-daqiqasida zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. “Sofascore” portali Abbosning maydondagi 13 daqiqalik harakatlarini 6,7 ballga baholadi.
Maʼlumot uchun, endi “Istanbul Bashakshexir” 28-avgust kuni “Universitatea Krayova” jamoasi maydoniga safar qiladi. Aynan mana shu oʻyin UEFA Konferensiyalar Ligasi musobaqasining final bosqichiga qaysi jamoa chiqishini aniqlab beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring