AQSH yaqin oylarda Grenlandiya ustidan nazorat oʻrnatishi mumkin
AQSH hukumati yaqin oylarda Grenlandiya ustidan nazorat oʻrnatishga urinishi mumkin. Bu qadam noyabr oyidagi oraliq saylovlarga yoki 4-iyul kuni nishonlanadigan AQSH mustaqilligining 250 yilligiga toʻgʻri kelishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.
Yevroosiyo guruhining Yevropa boʻlimi boshqaruvchi direktori Mudjtaba Raxmanning taʼkidlashicha, Vashingtonning bu borada qoʻllaydigan usullari Venesuelada amalga oshirilgan harakatlardan farq qiladi.
Ekspert fikricha, AQSH hokimiyati mavjud muvozanatni oʻzgartirish maqsadida siyosiy taʼsir oʻtkazish kampaniyasidan foydalanishi mumkin. Bu jarayon mahalliy siyosatchilarni pora berish orqali ogʻdirish, harbiy va fuqarolik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan urinishlarni ham oʻz ichiga olishi ehtimoldan xoli emas.
Avvalroq AQSH rahbari Donald Tramp mamlakat milliy xavfsizligi nuqtayi nazaridan AQSHga Grenlandiya zarur ekanini maʼlum qilgan edi.
Shu bilan birga, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiy qismi ekanini taʼkidlab, AQSHni tahdidlardan voz kechishga chaqirdi. Uning qayd etishicha, Vashington orolni oʻz nazoratiga olishida hech qanday maʼno yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring