Shimoliy Xitoydan Toshkentga Xitoy-Yevropa-Markaziy Osiyo transport yoʻlagi doirasida yangi yoʻnalish boʻyicha poyezd joʻnab ketdi
2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan Xitoy shimolidagi Xubey provinsiyasining Chjanszyakou shahridan kecha tongda Xitoy-Yevropa-Markaziy Osiyo xalqaro yuk temir yoʻl yoʻnalishi boʻyicha birinchi poyezdi joʻnab ketdi.
Xitoyning “Sinxua” davlat axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, avto ehtiyot qismlar, maishiy texnika va toʻqimachilik mahsulotlari ortilgan yuk poyezdi Xitoy-Qozogʻiston chegarasidagi “Xorgos” nazorat-oʻtkazish punkti orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi va 15 kundan keyin Toshkentga yetib boradi.
Pekinga qoʻshni boʻlgan Shensi provinsiyasi va Ichki Moʻgʻuliston avtonom tumani, Chjanszyakou muhim yuk tashish markazi hisoblanadi. Mutaxassislarning aytishicha, ushbu temir yoʻl liniyasining ochilishi hududda yuk tashishni rivojlantirish va multimodal tashuvlar uchun logistika xabni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Eslatib oʻtamiz, 3-avgust kuni Xitoyning Sian shahridan (Shensi provinsiyasi maʼmuriy markazi) Oʻzbekistonga fotoelektrik elementlari yuklangan poyezd yoʻlga chiqqan edi. Yuk poyezdiga Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatga ega fotoelektr loyihasi uchun mahsulotning birinchi partiyasi boʻlgan 50 ta konteyner 20 MVt quvvatga ega fotovoltaik elementlar yuklangan. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga Xitoy-Yevropa temir yoʻl yoʻnalishi boʻylab 3000 ga yaqin konteyner ortilgan jami 60 ta poyezd joʻnatishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring