Shavkat Umurzoqov Shveysariyaning “Boschung Group” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Shveysariyaning “Boschung Group” kompaniyasi bosh direktori Gabriyel Boshung bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimining oʻrinbosari Sh. Raxmanov, “Compass Group” kompaniyasining vakillari, “Boschung Group” kompaniyasining Oʻzbekistondagi distribyutori B. Hojiahmedov va boshqalar ishtirok etishdi.
Samimiy ruhda oʻtgan suhbat avvalida Sh. Umurzoqov mehmonlarga tashrifi uchun minnatdorligini aytib, poytaxtimiz ularda ijobiy taassurot qoldirishiga umid bildirdi.
Gabriyel Boshung ham oʻz navbatida tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, “Boschung Group” korxonasi poytaxt yoʻl infratuzilmasi uchun foydali boʻlgan maxsus kommunal soha texnikalarini taklif qilishini, ushbu texnik vositalar nafaqat katta yoʻllarda, balki piyodalar va velosiped yoʻlaklarida foydali boʻlishi barobarida, toʻliq elektr yoqilgʻisida ishlashi mumkinligini maʼlum qildi. Shu bilan birga, “Boschung Group” shunchaki oʻz mahsulotini sotishni emas, balki uzoq muddatli strategik va texnologik hamkorlikni maqsad qilganini taʼkidladi.
Sh. Umurzoqov taklif uchun minnatdorlik bildirib, bu masalada kompaniya mahalliy bozorni oʻrganib, geografik va iqlim jihatlarni inobatga olishi muhimligini aytib oʻtdi. Shuningdek, poytaxtimizda oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun barcha qulay shart-sharoitlar mavjudligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni davom ettirishga, hamkorlik istiqbollarini yanada batafsil muhokama qilishga kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring