Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

14:49 15 Avgust 2024 Siyosat
207 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari joriy yilning 26-28-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va hududlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, qoʻshma investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Suhbat chogʻida boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.


Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер