Shavkat Mirziyoyev Temir yoʻl transporti xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yoʻlladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Temir yoʻl transporti xodimlari kuni munosabati bilan ushbu soha vakillariga tabrik yoʻlladi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov mazkur bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat rahbarining tabrigini oʻqib eshittirdi.
Qutlovda temir yoʻl sohasidagi islohotlarning samaralari alohida qayd etildi. Jumladan, joriy yilda Qoraqalpogʻistonni Xorazm viloyati bilan bogʻlaydigan yangi temir yoʻl hamda Amudaryo orqali muhtasham koʻprik foydalanishga topshirildi. Temir yoʻllarni elektrlashtirish, yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarni koʻpaytirish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida ham yangi ufqlar ochilmoqda – strategik ahamiyatga ega Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi.
Prezidentimiz temir yoʻl tizimi oldida turgan oʻta dolzarb vazifalarni hal qilishda soha xodimlari yanada ulkan kuch-gʻayrat bilan mehnat qilib, mamlakatimizning temir yoʻl transporti sohasidagi salohiyatini oshirishga munosib hissa qoʻshishlariga ishonch bildirdi va ularga yangi yutuqlar tiladi.
“Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, hurmatli temir yoʻl transporti xodimlari!” deyaa davlat rahbarining soʻzlarini keltirdi Sherzod Asadov.
Maʼlumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yildan buyon avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yoʻl transporti xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring