Shavkat Mirziyoyev qozogʻistonlik davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotladi

15:06 26 Avgust 2024 Siyosat
235 0

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qozogʻiston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy maʼno-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yoʻnalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni faol ilgari surishga qoʻshgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yoʻlidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin:

Karin Yerlan Tinimbayuli — Qozogʻiston Respublikasining Davlat maslahatchisi

Jeldibay Ruslan Sultanuli — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari boʻyicha yordamchisi

Jumangarin Serik Makashevich — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Balayeva Aida Galimovna — Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri

Atamkulov Beybut Bakirovich — Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Xashimjanov Ikram Akramovich — Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер