Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
Bugun, 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.
Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qozogʻiston koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar. Xiva shahrida boʻlib oʻtgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, biznes va hududlarni jalb qilgan holda sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi kooperatsiyani ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring