Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga taʼziya maktubi yoʻlladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlarining markaziy va janubiy shtatlarida roʻy bergan halokatli tornadolar oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani, jarohat olgani va katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Prezident Donald Trampga taʼziya maktubi yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
Taʼkidlash kerakki, bir necha kun davomida AQShning markaziy va janubiy shtatlari halokatli tornadolar taʼsirida qoldi. Xususan joriy yilning 15-mart kuni Boʻronlarni prognoz qilish markazi Alabama va Missisipi shtatida maksimal xavf darajasini eʼlon qildi. Qayd etilishicha, ayrim hududlarda shamol tezligi 130 km/soatga yetmoqda.

16-mart holatiga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda yuz berayotgan kuchli dovullar oqibatida halok boʻlganlar soni kamida 33 kishiga yetgan. Mamlakatning janubiy shtatlarida 236 mingta uy elektr taʼminotisiz qolgan. Missuri shtatida savdo markazi vayron boʻlgan. Kanzasda esa dovul tufayli chang boʻroni kuzatilgan, shuningdek, 50 ta mashina ishtirokida YTH yuz bergan.

Maʼlumotlarga koʻra, AQSh hududida bir sutkada 27 ta tornado qayd etilgan. Boʻron 100 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududga taʼsir koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring