Yevroparlament Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida kreditni maʼqulladi
Yevropa parlamenti 2026–2027-yillar uchun Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida kredit ajratishni maʼqulladi. Bu haqda RBC nashri YP raisi Roberta Metsolaga tayanib xabar berdi.
“Bugungi muhim ovoz berish 90 mlrd yevro miqdoridagi kreditni tasdiqlab, Ukrainaga hayotiy ahamiyatga ega qoʻllab-quvvatlovni taʼminladi”, — dedi Metsola.
Maʼlum qilinishicha, 30 mlrd yevro Kiyevga makromoliyaviy yordam yoki davlat byudjeti qoʻllab-quvvatlovi sifatida Ukraine Facility mexanizmi orqali ajratiladi. Yana 60 mlrd yevro esa mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy texnika xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Qurol-yarogʻ sotib olishda Ukraina oʻz ishlab chiqaruvchilariga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hududi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi davlatlaridagi yetkazib beruvchilarga ustuvorlik berishi kerakligi qayd etilgan.
Mablagʻlar qatʼiy shartlar asosida ajratiladi. Ular Ukraina tomonidan demokratik boshqaruv, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga, jumladan ozchilik huquqlariga sodiqlikni nazarda tutadi.
Moliyalashtirish strategiyasi Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. 2026-yilning ikkinchi choragi boshida birinchi transhni oʻtkazish uchun Kengash qoʻllab-quvvatlash paketini maʼqullashi kerak.
Qarz mablagʻlari Yevropa Ittifoqining qoʻshma qarz olish mexanizmi orqali jalb qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring