Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilmalar vazirini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda BAAning “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, “Etihad Water & Electricity” kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali va “TAQA Water Solutions” kompaniyasi rahbari Ahmad al-Shamsiy ham ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida vazir mamlakatimiz yetakchisiga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon hamda Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Xolid Ol Nahayonning salomini yetkazdi.
Oʻzbekiston – BAA doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma korxonalar va aviaqatnovlarning soni barqaror oshib bormoqda. Loyihalar portfeli 20 milliard dollarga yetgan.
Transport-logistika, oziq-ovqat, kon-metallurgiya, energetika hamda boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi loyihalarni tayyorlash va ilgari surish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.
Soʻnggi yillarda energetika sohasida birgina “Masdar” kompaniyasi bilan Oʻzbekiston hududlarida 1,5 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshirildi.
Bugun Buxoro viloyatida navbatdagi quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash tizimi ishga tushirildi, Qashqadaryo viloyatida 600 million dollardan ziyod qiymatdagi shunday inshootlar qurilishi boshlandi.
BAA kompaniyalari rahbarlari Prezidentimizga shamol elektr stansiyasi va energiya saqlash quvvatlari, gidroelektr stansiyalarini barpo etish rejalari hamda tozalash inshootlari qurilishining borishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring