Shaxmat boʻyicha Nodirbek Abdusattorov “Masters” guruhida hamon peshqadamlik qilmoqda
Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Niderlandiyada oʻtayotgan shaxmat boʻyicha nufuzli turnirning 8-turi yakunlandi.
Musobaqada “Masters” guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov tur doirasida amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi va durangga erishdi.
Ushbu durangdan soʻng Nodirbekning hisobidagi ochkolari soni 6 taga yetdi. U hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.
Afsuski, “Chellenjer” tasnifida qora donalarda harakat qilgan Javohir Sindorov turkiyalik Mustafa Yilmazga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
23-yanvar xalqaro turnir dasturiga binoan “Masters” va “Chellenjer” guruhlarida dam olish kuni etib belgilangan.
Har ikki guruhdagi 9-tur oʻyinlari 24-yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymer bilan roʻbaroʻ kelsa, Sindorov amerikalik Mishra Abximanyu bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring