Shahrisabz shahri va Yakkabogʻ, Kitob tumanlaridagi saylov uchastkalari muhim siyosiy tadbirga qay darajada tayyor?

Foto: Faxriddin Bozorov / Xalq so'zi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonlarini xolisona yoritish maqsadida 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan press-turda OAV vakillari mana shu savolga javob topdilar.
13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi faoliyati va u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishgan jurnalist va blogerlar Shahrisabz shahri, Yakkabogʻ hamda Kitob tumanlaridagi qator saylov uchastkalarida boʻldi.
Yakkabogʻ tumanidagi 23-maktab binosida joylashgan 931-saylov uchastkasida 2 ming 560 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda. Ulardan 83 nafarini saylovda ilk bor qatnashadigan yoshlar tashkil qiladi. Shahrisabz shahridagi “Temuriylar maktabi” akademik litseyida joylashgan 110-saylov uchastkasida Tutzor va Teparlik mahallalarida istiqomat qiluvchi 2049 nafar saylovchi ovoz beradi va saylov uchastkasi milliy saylov qonunchiligi asosida jihozlangan, saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bu yerda infokiosklar oʻrnatilgan boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid barcha maʼlumotlar audio va video formatda, surdo tarjimasi bilan joylashtirilgani tahsinga sazovor.
Press-turda OAV vakillariga Shahrisabz shahridagi 36 ta saylov uchastkasida muhim siyosiy jarayonga koʻrilgan tayyorgarlik xususida atroflicha maʼlumotlar berildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida shahardagi saylov uchastkalarida 72 ming 521 nafar saylovchi oʻzlari munosib topgan nomzodga ovoz berishi kutilmoqda. 14-19-oktyabr kunlarida ularning 435 nafari muddatidan oldin ovoz berdi.
Shahrisabz shahridan soʻng Kitob tumaniga yoʻl olgan tadbir ishtirokchilari 483-saylov uchastkasini koʻzdan kechirdilar.
Qashqadaryo viloyatida shu yil 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Prezidentlik saylovida qatnashadigan 1 million 868 ming 185 nafar saylovchining 143 ming nafardan ziyodini ilk bor ovoz beradigan yigit-qizlar tashkil etadi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring