“Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Foto: Mudofaa vazirligi
“Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Jasorat sinflariga oʻquvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, yaʼni bitta sinfga 26 nafar oʻquvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi. Jasorat sinflarida oʻqish muddati 7-yilni tashkil qiladi.
Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari iyul oyida oʻtkaziladi.
Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan oʻquvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring