Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi

21:31 11 Dekabr 2025 Siyosat
135 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning oʻttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bagʻishlab ertaga oʻtkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?