Jazirama tufayli Yevropada 2,3 ming kishi vafot etdi
 
                Illyustrativ foto
Issiq harorat tufayli Yevropaning 12 ta shahrida oʻn kunda 2,3 ming kishi vafot etdi. Bu haqda London Imperial kolleji va London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi tadqiqotida maʼlum qilingan.
Tadqiqot Gʻarbiy Yevropaning katta qismlari haddan tashqari issiqlikdan aziyat chekkan 10 kunni qamrab oldi, Ispaniyada havo harorati Selsiy boʻyicha 40 darajadan oshdi, Fransiyada esa oʻrmon yongʻinlari koʻpaygan.
Qayd etilishicha, iqlim oʻzgarishi tufayli qoʻshimcha va kutilmagan oʻlimlar soni uch baravar koʻpaygan. Issiqdan vafot etishlarning 1,5 mingga yaqini yoki 65 foizi iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq. Oʻlimlar qayd etilgan hududlarda havo harorati 1−4 darajaga koʻtarilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Milan (317 kishi), Barselona (286 kishi), Parij (235 kishi), shuningdek, London, Rim, Madrid, Afina, Budapesht, Zagreb, Frankfurt va Lissabon aholisining oʻlimida iqlim oʻzgarishi tufayli haroratning koʻtarilishi ahamiyati yuqori boʻlgan.
Oʻlganlar sonini hisoblash uchun olimlar tasdiqlangan epidemiologik modellar va oʻlimning tarixiy maʼlumotlaridan foydalangan, ular issiqlik asosiy sabab boʻlgan oʻlimlarni, shu jumladan yuqori harorat taʼsiri mavjud tibbiy sharoitlarni yomonlashtirgan holatlarni aks ettirgan.
Taʼkidlanishicha, oʻlimlarning katta qismi (88%) 65 va undan katta yoshdagilarga toʻgʻri keladi. Tadqiqot mualliflarining soʻzlariga koʻra, ushbu maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, yondosh kasalliklarga chalingan odamlarda issiqlik tufayli erta oʻlim xavfi yuqori boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring