2025-yil davomida isteʼmolchilar 622,4 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan
Illyustrativ foto
Joriy yilda isteʼmolchilar tomonidan 622,4 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Navroʻz Norboboyev xabar qildi.
Qayd etilishicha, 118,8 million metr kub tabiiy gaz (294,8 mlrd soʻm) va 197,1 million kilovatt-soat elektr energiyasidan (327,5 mlrd soʻm) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 622,4 milliard soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari boʻyicha 2333 ta, shu jumladan elektr energiyasi boʻyicha 1078 ta, tabiiy gaz boʻyicha 1255 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.
Bundan tashqari, neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha inspeksiya laboratoriyalari tomonidan AYOQSH va kompaniyalarda olingan namunalardan 306 ta holatda sifat nomuvofiqligi aniqlangan. 3,87 million litrdan ortiq sifatsiz yoqilgʻi realizatsiyaga qoʻyilmagan.
“Energiya resurslaridan ayrim «tadbirkor”larning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring