Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Agʻdam shahridagi “Imorat” tarixiy-meʻmoriy majmuasiga tashrif buyurdi.
Bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʻzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.
Agʻdam shahri Ozarbayjonning gʻarbiy qismida, Qorabogʻ tumanida joylashgan. 2021-yildan boshlab shahar infratuzilmasi faol tiklanmoqda: yangi maktablar, bolalar bogʻchalari, uy-joylar, maʻmuriy binolar qurilmoqda.
“Imorat” majmuasida Qorabogʻ xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024-yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan soʻng qayta ochildi.
Bu yerda Qorabogʻ tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.
Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar eʻtiboriga Ozarbayjon Qorabogʻining boy madaniyati va anʻanalarini aks ettiruvchi Qorabogʻ tulporlari ishtirokidagi “Zafar” nomli madaniy dastur taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring