“Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi

Foto: Akmal Muhammadiyev, Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Bugun, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bayram tadbiri hamda “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbarining Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida taqdirlangan soha xodimlariga yuksak unvon, orden va medallarni topshirdi.
Tantanali tadbir davomida “Oltin qalam” Milliy mukofoti tashkiliy qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov bu yilgi “Oltin qalam” mukofoti haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda 499 nafar jurnalist va OAV vakillari 3 ming 251 tadan ziyod ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan.
Davlat rahbarining 2022-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2023-yildan boshlab “Oltin qalam” tanlovi ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari 5 tadan 12 taga koʻpaytirildi.
Mazkur qarorga muvofiq, 1-oʻrin sohibiga Oʻzbekistonda belgilangan bazaviy hisoblashning 200 baravari, 2-oʻrin sohibiga 175 baravari, 3-oʻrin sohibiga 150 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi. Shuningdek, 12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyaning har bir gʻolibi bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Quyida “Oltin qalam” XIX Milliy mukofotining ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalarida gʻolib boʻlgan soha xodimlari:
- “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyotni targʻib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun» – “Oila va tabiat” gazetasining Qoraqalpogʻiston va Xorazm boʻyicha muxbiri Poʻlat Ermatov;
- “Davlat tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bagʻishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun” – “Yangi Sirdaryo” gazetasi Bosh muharriri Bahrom Boymurotov;
- “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” – “Guliston” jurnali Bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov;
- “Taʼlim-tarbiya sohasidagi islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Hurriyat” gazetasi Dilmurod Qirgʻizboyev;
- “OAVda eʼlon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun” – “Daryo.uz” nashrining Andijondagi muxbiri Umidjon Mamarasulov;
- “Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun” –“Qalampir.uz” Bosh muharriri Qamariddin Shayxov;
- “Umummilliy hamjihatlikni targʻib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Ovozi tojik” gazetasi muxbiri Faridun Yoʻldoshev;
- “Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun” – nafaqadagi erkin ijodkor Muqaddas Abdusamatova;
- “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bagʻishlangan eng yaxshi materiallar uchun” – “Siyosat” studiyasi siyosiy sharhlovchisi Inobat Normurodova;
- “Oila va mahalla hamkorligi boʻyicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” – “ZOʻR TV” “Bu kun” dasturi rahbari Muslimbek Abdurahimov;
- “Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” – “Toshkent haqiqati” Bosh muharriri oʻrinbosari Suhrob Sadirov;
- “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” – Husniddin Ato.
Shuningdek, Bosma OAV nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin: Laylo Hayitova — “Buxoro yoshlari” gazetasi,
Yunus Boʻronov — “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi;
2-oʻrin: Fahriddin Bozorov — “Xalq soʻzi” gazetasi,
Holboy Sohibov — “Imkoniyat” gazetasi;
3-oʻrin: Maqsud Jonixonov “Jamiyat” gazetasi.
Internet yoʻnalishi boʻyicha:
1-oʻrin: Farida Islomova — “Dunyo” AA
2-oʻrin: Ziyodilla Jonibekov — OʻzA
3-oʻrin: Ruslan Saburov — “Kun.uz”
Radio yoʻnalishi boʻyicha:
1- oʻrin: Halima Mahamadsaidova — “Oʻzbekiston” radiosi;
2-oʻrin: Shahnoza Qosimova — “Oltin Voha” radiosi;
3-oʻrin: Mohigul Azimova — “Yoshlar” radiosi.
Televideniye yoʻnalishi boʻyicha:
1-oʻrin: Qobiljon Ahmedov — “Mening yurtim” TV;
2-oʻrin: Olimjon Xasanboyev — “Milliy” TV,
Jahongir Mardonov — “Oʻzbekiston 24”;
3-oʻrin: Zulfiya Jabborberganova — Qoraqalpogʻiston TV.
Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun:
1-oʻrin: Madibek Janibekov — “Kazinform” jurnalisti;
2-oʻrin: Dmitriy Povarov — “RIA Novosti” jurnalisti,
Shohruhbek Olimov — TRT muxbiri,
Zara Said — “The London Post” gazetasi jurnalisti,
Yeshi Sili — “Biznes Indiya” jurnalisti “Oltin qalam” XIX Milliy mukofotiga loyiq deb topildi.
Bosh mukofot “Gulxan” jurnali bosh muharrir Zahro Hasanovaga nasib etdi.
Akmal Muhammadiyev, Yunus Boʻriyev, Muhsin Umurzoqov
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring