Shahrixon tumanida akademik Sarimsoqov nomidagi maktab ochildi

18:17 05 Sentyabr 2023 Jamiyat
421 0

Foto: “Xalq soʻzi”

1947-1952-yillar davomida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti vazifasida faoliyat yuritgan fizika-matematika fanlari doktori Toshmuhammad Sarimsaqov Shahrixon tumanida tavallud topgan. Bugun tumanda “Akademik Sarimsaqov” nomidagi nodavlat taʼlim muassasasi ish boshladi. 21,5 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan maskan 1000 oʻrinli boʻlib, hozirda 400 nafar oʻquvchilar taʼlimga jalb etildi.

— Maktabimizning boshqa taʼlim muassasalaridan farqi shundaki, bu yerda oʻquv tarbiya tizimi prezident va ixtisoslashgan maktablarda joriy qilinayotgan yangi milliy taʼlim dasturi asosida tashkil etilgan, —deydi maktab direktori Isroiljon Boymurodov. – Fizika, kimyo, matematika va biologiya fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan mashgʻulotlar joriy etildi. Buning uchun tajribali pedagoglarni jalb etish bilan bir qatorda sinf kabinetlarini jahon talablariga mos ravishda jihozladik. Nasib boʻlsa, bugungi oʻquvchilarimiz orasidan ilm-fanning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan olimlar yetishib chiqadi.

Maktabning yana bir eʼtiborli jihatida shundaki, u 31 kVt quvvatdagi quyosh panellari bilan taʼminlangan boʻlib, bu maskanda yilning istalgan paytida va har qanday ob-havo sharoitida taʼlimda uzilishlar boʻlmasligini kafolatlaydi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?