“Sevinch” jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasi gʻolibi
Qarshining “Sevinch“ klubi ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston Oliy ligasida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu haqida jamoaning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
«Kuni kecha jamoamiz uchun Ayollar Oliy Ligasi oʻz nihoyasiga yetdi. Qizlarimiz 27 tur natijasiga koʻra, 79 ochko jamgʻarishdi va mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.
Bu — “Sevinch” tarixidagi 17-chempionlik! Jamoamiz muxlislarini, futbolchilarimizni va butun Qarshi ahli bilan ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz», — deyiladi klubning rasmiy sahifasida.
Maʼlumot oʻrnida, “Sevinch“ klubi uchun mavsum yakunlangani yoʻq. Jamoa 17-noyabr sanasidan ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichida ishtirokini boshlaydi. Shuningdek, qarshiliklar 7-dekabr kuni Oʻzbekiston kubogi musobaqasining final oʻyinida “Qizilqum-W” jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring