Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.
Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta “Rafale” qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.
“Biz Fransiya prezidentiga “Rafale”ni sotib olishga imkon bergani uchun minnatdorlik bildiramiz”, — degan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich. Makronning aytishicha, bu harakat yillar davomida Rossiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni saqlab kelayotgan Serbiyani Yevropa Ittifoqiga yaqinlashtirishga yordam beradi. Ushbu bitim 2006-yildan beri Moskva qurollarini sotib oladigan Serbiya uchun chetdan eng yirik qurol sotib olinishi boʻldi.
Fransiya rahbari bitimni “strategik jasorat ”va “Yevropa ruhining haqiqiy namoyishi “deb atadi. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, bitim Belgradda hukm soʻrayotgan avtokratik hukumatni mustahkamlaydi. Mamlakat inson huquqlari buzilishi haqidagi qarashlar va qoʻshnilarining yaxlitligiga tahdid soladigan hududiy ambitsiyalarni saqlab qoladi. Shuningdek, ushbu kelishuv Serbiyaning sovet davridagi texnologiyalar hamda harbiy texnikalarini yangilaydi.
Serbiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishga qiziqish bildirgandi, ammo bu ambitsiyalar korrupsiya, turli qonunbuzilish holatlari , shuningdek, 2008-yilda Serbiyadan mustaqilligini eʼlon qilgan qoʻshni Kosovo bilan salbiy munosabatlar kabi masalalar bilan rad etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring