Senatorning Navoiy viloyatidagi muloqoti
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qobul Tursunov Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Tamabaxrin mahallasi faollari, mahalliy Kengash deputatlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Tadbirda senator Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlar va qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
Xususan, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning bandligi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, shuningdek, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni batafsil tushuntirdi.
Muloqot chogʻida ishtirokchilar tomonidan qishloq yoʻllarini taʼmirlash, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, ijtimoiy obyektlar faoliyatini takomillashtirish, tadbirkorlikni kengaytirish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda taklif va murojaatlar bildirildi.
Senator har bir masala yuzasidan tegishli idora va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab, ijrosini xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashiga nazoratga olish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring