Senator MFY raislari va oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashdi

17:52 25 Dekabr 2020 Siyosat
1230 0

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nosirbek Abdullaxanov Namangan shahridagi “Axsikent”, “Navroʻz”, “Mingterak”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Mingchinor”, “Maʼnaviyat”, “Furqat”, “Boborahim Mashrab” mahalla fuqarolari yigʻini raislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2020-yil ish rejasi asosida olib borilgan ishlar va oʻtgan yil davomida aholi tomonidan yoʻllangan murojaatlarning koʻrib chiqilishi, ularning natijalari, deputatlik va senator soʻrovlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, 2021-yilda amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, senator N.Abdullaxanov va OʻzLiDep viloyat Kengashi raisi O.Mahmudov ishtirokida Namangan shahridagi 6-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda yuqori sinf oʻquvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash va “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish” yuzasidan tushuntirish berildi.

Qolaversa, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, taʼlim-tarbiya jarayonlaridagi islohotlarga urgʻu berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?