Senat Raisi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning amaldagi raisi, Shimoliy Makedoniya tashqi ishlari vaziri Buyar Osmanini qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan YXHT oʻrtasidagi jumladan, parlamentlararo aloqalar, gender tengligi, inson huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga erishish kabi yoʻnalishlardagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda YXHT bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashdi va munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Joriy yilning aprel oyida qabul qilingan 2023–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida YXHT loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan xavfsizlik, iqtisodiy-ekologik va ijtimoiy rivojlanish, iqlim oʻzgarishi, gender rivojlanishi kabi yoʻnalishlardagi 27 ta tadbir muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.
2022-yilda birinchi marta YXHT PA doirasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston tashabbus qilgan “YXHTning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda BRMni amalga oshirish, inklyuzivlikni oshirish va gender tengligini taʼminlash sohasida aniq tavsiyalar mavjud.
Shu nuqtai nazardan uchrashuvda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YXHT PA) doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, “yashil” iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish gender tengligi masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Buyar Osmani Oʻzbekistonda kechayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashi va hamkorlikni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring