Senat qoʻmitasida zargarlik sanoati, yoʻl harakati xavfsizligi va Milliy gvardiyaga oid qonunlar muhokama qilindi

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
2025-yil 28-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida bir qator muhim qonunlar muhokama qilindi. Unda qonunlar loyihalari yuzasidan keng koʻlamli fikr almashuvlar boʻlib oʻtdi.
Majlisda dastlab “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni muhokama qilindi. Taʼkidlanishicha, 2024-yil yakunida zargarlik sohasida ishlab chiqarish hajmi 2,5 trln soʻmni yoki 5 tonna oltin va 3 tonna kumushga yetkazildi. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 115 foiz oʻsishni tashkil etadi. Shuningdek, zargarlik mahsulotlari eksporti 95 million dollarga yetkazilib, 120 foizga oshgan.
Qonun loyihasi zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qimmatbaho metallar bilan taʼminlash, eksport salohiyatini oshirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan. Majlis ishtirokchilari qonunning qabul qilinishi sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishini taʼkidlashdi.
Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Toshkent shahrida tirbandlik muammosi aholi uchun dolzarb masalaga aylangan. Oxirgi ikki yilda avtobuslar soni qariyb 2 mingga oshgan va avtobuslar uchun 181,2 km yoʻlaklar tashkil etilgan. Biroq qonunchilikdagi boʻshliqlar jamoat transportining samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Qonunning qabul qilinishi jamoat transportidan foydalanishni samarali tashkil etishga hissa qoʻshishi kutilmoqda.
Shuningdek, majlisda “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi loyiha muhokama qilindi. Milliy gvardiya 2017-yilda tashkil etilgan va 2020-yilda uning maqomi belgilangan. Qonunning qabul qilinishi Milliy gvardiya organlarining samaradorligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Qoʻmita majlisi yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar mehnat bozori, yoʻl harakati xavfsizligi va milliy xavfsizlik sohalarida samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri boʻldi
- Eldor Shomurodov “Roma” klubining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
- IIV sobiq rahbari Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
- Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻldi
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- “Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring