Senat ishchi guruhi “River-med” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

21:30 21 Iyun 2025 Siyosat
259 0

Senat ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida nafaqat sanoat sohasidagi yutuqlar, balki mahalliy darajadagi islohotlar, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni ragʻbatlantirish va infratuzilmani yaxshilash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganildi.

Xususan, ishchi guruh aʼzolari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan “River-med” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona oʻzining yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni, eksport salohiyati va ish oʻrinlari yaratish borasidagi natijalari bilan eʼtiborga loyiqdir.

“River-med” yiliga 42 mln dona infuzion eritmali dori vositasini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaning yiliga 1,5 mln dollarlik eksport hajmi va davlat byudjetiga 82 mlrd soʻmlik tushumi uni hududdagi muhim sanoat subyektlaridan biriga aylantirgan. Yaqin istiqbolda bu korxonada 250 ta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Ishchi guruh korxona xodimlari bilan oʻtkazgan amaliy muloqot davomida aniqlangan muammolar va bildirilgan takliflar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?