Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi 20-paket sanksiyalar ustida ish boshladi
Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi navbatdagi — 20-son sanksiyalar paketini tayyorlashni boshladi. Bu haqda YK vakili Anti Xipper maʼlum qildi, deya xabar berdi TASS.
— Biz Rossiyaga qarshi 20-paket sanksiyalar ustida ishlayapmiz, — dedi u Bryusseldagi brifingda.
YK matbuot xizmati rahbari Paula Pinyuning aytishicha, Yevrokomissiya Ukrainadagi vaziyat qanday hal boʻlishidan qatʼi nazar, Rossiya aktivlarini musodara qilishga qaratilgan harakatlarni davom ettiradi.
Maʼlumot uchun, 23-oktyabr kuni Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-paket sanksiyalarni qabul qilgan edi. Shundayoq YI 20-paket ustida ish boshlagani bildirilgan.
Yangi paket Rossiyaning energetika sohasidagi kompaniyalarini, shuningdek, uchinchi mamlakatlarda faoliyat yurituvchi firmalarni qamrab olishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring