SamDTU rektori Sileziya tibbiyot universiteti yangi oʻquv yili ochilishida faxriy professor sifatida qatnashdi

22:37 14 Oktyabr 2023 Jamiyat
830 0

Yaqinda Polshaning Sileziya tibbiyot universitetida yangi oʻquv yilining 75-yubiley ochilishi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, marosimda yuqori martabalari mehmonlar, professor-oʻqituvchilar qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ham faxriy professor sifatida ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Jasur Rizayev barcha yigʻilganlarni yangi boshlangan oʻquv yili bilan samimiy tabriklab, doʻstlik ramzi sifatida milliyligimiz aks etgan esdalik sovgʻani Sileziya tibbiyot universiteti vakiliga topshirdi.

Jasur Rizayevning ushbu marosimda ishtiroki Polsha tibbiyot oliygohlari hamda SamDTU oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarishda muhim ahamiyatga egadir.

Tadbirda Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda ham ishtirok etib, talabalarni oliy oʻquv yurtini tanlagani bilan tabrikladi hamda tibbiyot barcha fanlar ichida eng oliyjanobi, deya taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?