Samarqandning boy tarixi meni hayratda qoldirdi — Pavel Durov

14:17 30 Iyun 2024 Jamiyat
547 0

Foto: Du Roveʼs Channel

Telegram asoschisi Pavel Durov Oʻzbekistonga tashrifi haqidagi taassurotlarini muxlislari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda u mazkur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Unga koʻra, Telegram ayni paytda Oʻzbekistonda butun boshli iqtisodiyot tizimlarining bir qismiga aylanib ulgurgan. Shuningdek, Durov mamlakat aholisining qariyb uchdan ikki qismi Telegramʻdan foydalanishini aytib, mamnuniyat bildirgan.

Foto: Du Roveʼs Channel

“Oʻzbekiston Telegramʻni yaxshi koʻrar ekan. 37 millionlik mamlakat aholisining 70 foizdan ortigʻi ushbu platformani afzal koʻradi va ularning butun bir iqtisodiyoti biz yaratgan platformada olib boriladi. Hattoki, ular yaratgan har bir biznesning oʻz Telegram boti yoki kanali mavjud. Biz bunday mashhurligimizdan faxrlanamiz va bu davlat aholisini doimo yaxshi koʻramiz”, degan Telegram asoschisi.

Foto: Du Roveʼs Channel

Durov, bundan tashqari, oʻzi tashrif buyurgan shaharlar haqida ham fikr bildirgan.

“Oʻzbekistonga safarim chogʻida shiddat bilan rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, mamlakat sharqidagi togʻli landshaftlar, Buxoro va Samarqandning boy tarixi meni hayratda qoldirdi. Juda koʻp yosh va iqtidorli, qalbi pok insonlarni uchratdim. Samimiy qabul uchun minnatdorman. Sal keyinroq quyoshli Toshkentda koʻproq qolishga harakat qilaman”, deydi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pavel Durov Oʻzbekistonga safari chogʻida mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari Otabek Umarov bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер