Samarqanddagi bogʻchada 2 yoshli qizchaning qoʻllari tishlab, koʻkartirib tashlandi
Foto: Qalampir.uz
OAVda Samarqanddagi bogʻchada 2 yashar qizchaning qoʻllari tishlanib, koʻkartirib tashlandi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning 20-may kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan oilaviy bolalar bogʻchasida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (22 yoshli) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi Z.K. (2 yoshli) boshqa tarbiyalanuvchi A.Sh. (3 yoshli, qiz bola)ni qoʻllaridan tishlab, turli koʻrinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan.
A.Sh. ning onasi M.S shu kunning oʻzida holat yuzasidan tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
“Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan”, duyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi yuqoridagi murojaat yuzasidan ishchi guruhi tuzilib, oʻrganishlar olib borilishi va ish natijalari boʻyicha batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring