Samarqandda somonpoyani yoqib yuborgan fermer xoʻjaligi 244,8 mln soʻm jarimaga tortildi

15:25 20 Iyul 2024 Jamiyat
426 0

Foto: Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida gʻalladan boʻshagan yerdagi somon poyalarini yoqib yuborgan fermer xoʻjaligi jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Kattaqoʻrgʻon tumani Yakkabogʻ MFY hududida “X.Sh.” fermer xoʻjaligining 8.8 gektar yerida gʻalladan boʻshagan somonpoya yoqib yuborilgan. Oqibatda dala maydoni atrofida oʻsib turgan 240 tup tut daraxtlari shikastlangan.

Holat Kattaqoʻrgʻon tuman Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish boʻlimi davlat inspektorlari va tuman FVB xodimlari ishtirokida aniqlanib, fermer xoʻjaligi tomonidan oʻsimlik dunyosiga 244,8 million soʻm zarar yetkazilgani hisoblangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatda oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?