Samarqandda pistachilik rivojlantiriladi
Mamlakatimizda samarasiz foydalanilayotgan lalmi hamda togʻoldi hududlarda boʻsh turgan yerlarda pistachilikni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish boʻyicha katta imkoniyatlar mavjud. Xususan, Samarqandda dengiz sathidan 500-1200 metr balandlikda joylashgan xonadonlarda 120 ming gektar pista yetishtirish uchun qulay yer maydoni mavjud.
Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida ushbu masalaga ham alohida eʼtibor qaratilgan edi. Shu asosda viloyatda pista ekish uchun mos 120 ming gektar yer maydonining 80 ming gektarida pista plantatsiyalarini barpo etish boʻyicha choralari koʻrilmoqda.
Bu maydonlarga 22,4 million tup koʻchat ekiladi va yillik yalpi hosil 56 ming tonnani tashkil etib, 3,9 trillion soʻm daromad olinadi. Bunda sof foyda 1,1 trillion soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. Eng muhimi, shu orqali 320 ming ishchi oʻrin yaratiladi.
Buning uchun 60 mingta xonadonda ushbu daraxtni ekish imkoniyati bor. Har bir xonadonga oʻrtacha 20 tupdan koʻchat hisoblanib, jami 1,2 million dona pistani parvarishlash rejalashtirilyapti.
Aslida pistachilik viloyat uchun butkul yangi soha emas. Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Past Dargʻom tumanidagi “Oʻgʻil ona” fermer xoʻjaligida 204 gektar, Urgut tumanidagi “Madina lazzati uzumzorlari” fermer xoʻjaligida 40 gektar pistazor barpo qilingan. Joriy yilda Past Dargʻom tumanidagi “Charos agro uzum” MCHJda 313 gektar, Nurobod tumanidagi “Qurbonoy ona” fermer xoʻjaligida 50 gektar maydonda xandon pista koʻchatlari ekilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobil yoʻl yoqalariga 1,5 million dona pista ekish choralari koʻrilyapti. Birgina shu orqali 3,6 ming tonna hosil va 262,5 milliard soʻm daromad olinishi kutilyapti.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring