Samarqandda pastlikka tushib ketgan yuk mashinasida yongʻin yuzaga keldi

10:35 21 Iyun 2024 Jamiyat
176 0

Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida rul boshqaruvini yoʻqotib, pastlikka tushib ketgan yuk mashinasida yongʻin yuzaga keldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 20-iyun kuni soat 21:00 lar atrofida Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 84- км.да sodir boʻlgan.

“Navoiy-Samarqand-Buxoro” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan yuk transport vositasida texnik nosozlik holati yuzaga kelgani sababli haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻlning oʻng chetki qismi pastlikka tushib ketgan. Oqibatida YTH sodir boʻlib, transport vositasida yongʻin yuzaga kelgan.

Yuk mashinasidagi alanga zudlik bilan FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Mazkur YTH boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda mashina salonida ikki kishi boʻlgani, ularning ularning ham yonib ketgani haqida soʻz borgan. Biroq rasmiylar buni tasdiqlamadi, unga koʻra, hodisa oqibatda tan jarohati olganlar va vafot etganlar yoʻq.

“Holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB JXX YXHB tomonidan dastlabki surushtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 20-iyun kuni yana bir shu kabi holatda Toshkent viloyati Parkent tumanida “Damas” rusumli transport vositasi yonib ketdi.

Joriy yilning 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani TXAY koʻchasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida “Mercedes-Benz” transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv boʻlganligi sababli , yongʻin kelib chiqishi oqibatida toʻliq yonib ketgandi.

Shuningdek, oʻsha kunning oʻzida, soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor koʻchasida “Mercedes-Benz” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqdi va oqibatda yoʻlovchi avtobusi toʻliq yonib ketdi.

Bundan tashqari, soat 12:50 larda, Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yoʻlining 998 км.да “Cobalt” rusumli mashina yonib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер