Samarqandda Markaziy Osiyodagi birinchi va yagona triatlon poygasi oʻtkaziladi

07:39 18 Yanvar 2023 Sport
1008 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida 2023-yilning 16-17-sentyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan “Challenge Samarkand” triatlon sport festivaliga tayyorgarlik ishlari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. “Challenge Samarkand” – “Challenge Familym xalqaro brendi tarkibiga kiruvchi Markaziy Osiyodagi birinchi va yagona triatlon poygasidir. Ushbu tadbir Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkillashtirilmoqda.

“Challenge Family” dunyoning 30 ta davlatida triatlon boʻyicha turli masofaga oʻtkaziladigan musobaqalarning jahondagi eng mashhur brendlaridan biri. Umuman olganda, “Challenge Family” poygalarida har yili 50 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Bu “Challenge Family” brendi ostida Markaziy Osiyodagi birinchi va yagona triatlon poygasidir. Bu shunchaki poyga emas, bu eng yuqori darajadagi xalqaro festival. Professional triatlonchilar, boshlangʻich triatlonchilar, ayollar, bolalar, har qanday darajadagi tayyorgarlikka ega boʻlgan har bir kishi sport bayrami muhitiga kirishi mumkin.

“Challenge Samarkand” musobaqasining suzish bosqichi dunyodagi eng yirik uchta eshkak eshish kanalidan birida eng musaffo buloq suvida oʻtkaziladi. Sikl bosqichi ikkita doiradan iborat boʻladi. Tadbir “Samarqand Silk Road”sayyohlik majmuasidan boshlanib, qadimiy shaharda davom etadi. Yugurish bosqichi “Samarqand Silk Road” zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida boʻlib oʻtadi, “Abadiy shahar”ni oʻrab turgan goʻzal eshkak eshish kanali atrofida aylanib oʻtadi.

Shuningdek, matbuot anjumanida tashkilotchi mutasaddilar tomonidan ushbu festival professional triatlonchilar, boshlangʻich triatlonchilar, ayollar, bolalar, har qanday darajadagi tayyorgarlikka ega boʻlgan har bir kishi sport bayrami muhitiga kirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi. Musobaqa, yosh toifasida doir alohida masofalar belgilangan. Triatlon cprint, jamoa Sprint, oʻrtacha masofa, Ayollar yugurish poygasi, triatlon oʻrtacha masofa turlari boʻyicha suzish, yugurish va velopoyga sport turlariga koʻra alohida bosib oʻtish miqdorlari belgilangan.

Bundan tashqari, kompaniyalar va tashkilotlar 2 yoki 3 kishidan iborat jamoalar tuzishlari va jamoaviy estafetada ishtirok etishlari mumkin. Tadbir doirasida brendlar, ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalar vakillari oʻz mahsulotlarini EXPO yarmarkasida namoyish etishlari mumkinligi ham alohida aytib oʻtildi.

Tadbirda 1700 nafar sportchi ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Ishtirokchilarning aksariyati xorijlik boʻlganligi uchun roʻyxatdan oʻtish veb-sayt orqali onlayn amalga oshiriladi.

Umida Sattorova, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?