Samarqandda kanaldan 17 yoshli qizning jasadi topildi
2021-yil 11-may kuni Pastdargʻom tumani, “Chandir” mahallasida yashovchi R.X. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, voyaga yetmagan 2004-yilda tugʻilgan S.X. yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yoʻqolganligini bildirib, uni topishga amaliy yordam soʻragan.
Tuman prokuraturasi boshchiligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan zudlik bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 12-may kuni S.X.ning murdasi tumanning “Doʻstlik” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Eski Anhor” kanalidan topilgan.
S.X.ning bedarak yoʻqolib, oʻlik holatda topilganligini holati yuzasidan xizmat tekshiruvlari va sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, voqeani bevosita guvohi boʻlgan yoki undan xabardor boʻlgan shaxslar doirasini aniqlash va ulardan tushuntirish olish ishlari olib borilmoqda.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumaning oʻlimi, suvga choʻkishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, S.X.ning qizlik pardasi butunligi, buzilmaganligi, qizlik pardasini buzmasdan turib jinsiy aloqa qilishning imkoni yoʻqligi, shuningdek, marhumaning jinsiy aʼzolarida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hozirda, holat boʻyicha Pastdargʻom tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring