Samarqandda chiqindidan elektr energiya oladigan korxona tashkil etiladi
Foto: «Xalq soʻzi»
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/«Xalq soʻzi». Samarqand shahrida Xitoyning «Shanghai SUS Environment Co. Ltd» kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqindini qayta ishlab, elektr energiyasi olishga ixtisoslashgan qoʻshma korxona tashkil etiladi.
Samarqand viloyati hokimligida mazkur kompaniya bosh direktori Szishen Long bilan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi. Oʻzaro muloqot chogʻida ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan tadbirlar rejasi belgilab olindi.
«Shanghai SUS Environment Co. Ltd» kompaniyasi keng qamrovli global kompaniya boʻlib, faoliyati investitsiyalar, chiqindilarni qayta ishlab, elektr energiyasi olish loyihalari, ulardan foydalanish va texnologik takomillashtirish, zararli chiqindilarni kamaytiruvchi uskunalar tayyorlash va ekosanoat parklarini qurish bilan bogʻliq. Kompaniya 2023-yilda butun dunyo boʻylab 78 ta WtE loyihasiga sarmoya kiritgan.
«Shanghai SUS Environment Co. Ltd» kompaniyasi 2008-yildan boshlab Oʻzbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda.
Hamkorlikda qurilajak korxonada kuniga 1000 tonna chiqindini qayta ishlab, yoqish orqali 20 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilishi moʻljallanmoqda. Muhimi, yangi korxonada 70 ta ish oʻrni yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring