Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning 25-sessiyasi oʻtkaziladi
“Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–455-son, 24.12.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kampaniyasi yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:
— 4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini toʻlashdan;
— Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladi.
2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi oʻtkaziladi.
Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari tashkil etiladi.
2023-yil 1-sentyabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur tizimda:
- chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi;
- avtobuslarga GPS qurilmalarini oʻrnatish hamda monitoring qilish boʻyicha yagona platforma yaratiladi.
2023-yil 1-fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.
Maʼlumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring