Samarqandda avtobus va 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida avtobus va 3 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, viloyatlararo qatnovchi “Cobalt” haydovchisi M-37 xalqaro avtomobil yoʻlining Paxtachi tumani hududidan oʻtgan qismida boshqaruvni yoʻqotgan.
Mashina oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelib qayrilib olayotgan “Tracker”ga urilgan. Soʻng qarama-qarshi tomonga oʻtib ketib, “Nexia-3” va avtobus bilan toʻqnashgan.
Oqibatda ogʻir tan jarohatlari olgan “Cobalt” yoʻlovchisi hodisa joyida, haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Videolavhada aytilishicha, avtomaktab oʻqituvchi-instruktori yoʻl-transport hodisasi sodir etib hodisa joyidan qochib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Paxtachi tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring