Samarqandda aholi uchun kengaytirilgan tibbiy koʻrik va muolajalar oyligi boshlandi

Foto: Халқ сўзи
Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan barcha hududlarda Sogʻliqni saqlash vazirligining “Salomatlik sayllari” oyligi oʻtkazilishi belgilandi. Shu munosabat bilan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 2-son oilaviy poliklinikasida bugundan boshlab salomatlik sayli boshlandi. Ayni vaqtda istovchilar Toshkentdan kelgan malakali mutaxassislarning tibbiy koʻrigidan oʻtib, salomatligi borasida kerakli maʼlumotga ega boʻlmoqda.

Bir oy davomida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va viloyat davolash profilaktika muassasalarining malakali mutaxassislari hamda tibbiyot oliygohlarining professor oʻqituvchilari ishtirokida tegishli grafik boʻyicha viloyat hududlarida profilaktik tibbiy koʻriklar, skrining dasturlari va sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etiladi.

Shuningdek, tibbiy koʻrik va tekshiruvlar natijasiga koʻra, bemorlarga bir qator dori vositalari berilishi koʻzda tutilgan. Barcha xizmatlar bepul amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring