Samarqandda aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni oʻgʻirlagan mansabdorlar qoʻlga olindi
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida suyultirilgan gazni oʻgʻirlagan mansabdorlar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, tumanda 20 tonna sigʻimli yuk avtomashinasida aholiga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan gazni yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan jinoiy uyushma fosh etilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovning birinchi kunida 6 nafar jinoiy uyushma aʼzosiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Shuningdek, qoʻlga olinganlar soni koʻpayishi mumkinligi ham aytilgan. Qayd etilishicha, mazkur jinoiy uyushmaga bir qator mansabdor shaxs va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sheriklik qilib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring