Samarqand viloyatida yuzlab taksi haydovchilaridan doimiy ravishda pul olib yurgan tovlamachilar guruhi fosh etildi

16:46 06 Yanvar 2022 Jamiyat
531 0

Foto: «Халқ сўзи»

Aniqlanishicha, mazkur guruh yoʻlovchi tashish bilan shugʻullangan oʻnlab haydovchilardan litsenziyasi boʻlmagani uchun, shuningdek, yuzga yaqin taksi haydovchisidan yoʻlovchi tashish korxonasiga toʻlov bahonasi bilan har kuni 40 ming soʻmdan pul undirib kelgan.

Ayni holat yuzasidan kelib tushgan maʼlumot asosida Samarqand viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan 2021-yil 23-dekabr kuni “Bulungʻur dehqon bozori” oldida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbirda fuqaro I.K. taksi haydovchisidan “kunlik toʻlov” - 40 ming soʻmni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. Fuqaro I.K. va sherigi A.K. Bulungʻur tuman IIBga olib kelingan. Surishtiruv davomida yuqoridagi shaxslar yuzga yaqin taksi haydovchilardan yoʻlovchi tashish korxonasiga toʻlov bahonasi bilan kunlik 40 ming soʻmdan pul mablagʻlarini noqonuniy ravishda undirib, bir qismini “Gulbahor opa trans” MCHJ rahbari X.G.ga berishini, qolganini shaxsiy manfaatlari yoʻlida ishlatib kelayotganligini maʼlum qilgan.

“Gulbahor opa trans” MCHJda taksi haydovchilardan pul undirish bilan shugʻullanuvchi yana 3 nafar fuqaro aniqlanib, javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari tezkor tadbir davomida Bulungʻur tumani markazida joylashgan bekatlarda pul yigʻish bilan shugʻullanuvchi shaxs ham ushlangan. U “Bahora avto yoʻlovchi” korxonasida ishlashini va yoʻnalishiga qarab kunlik “stoyanka” xaqi uchun har bir avtomashinadan kunlik 2 ming soʻmdan 4 ming soʻmgacha, litsenziyasiz taksichilik qilayotgan avtomashina egalaridan esa kunlik 20 ming soʻmdan 50 ming soʻmgacha naqd pul mablagʻlarini olishini va korxona rahbari E.A.ga topshirishini tan olgan.

Shundan soʻng “Bahora avto yoʻlovchi” XK direktori E.A. ushlanib, shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonidan taksi avtomashinalarini yozib boruvchi daftar, ruchka va 670 ming soʻm pullar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер