Samarqand va Navoiyda jamiyat hamda davlat manfaatlariga 4,2 milliard zarar yetkazildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand va Navoiy viloyatlarida noqonuniy qum-shagʻal aralashmasini qazib olish holatlarini aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qonunbuzarlik holati fosh qilindi.
Qayd etilishicha, “L.P.” MCHJ rahbari A.B. MCHJga baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan hududdan oʻzboshimchalik bilan 33,2 ming kub metr. hajmdagi qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,1 milliard soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat Navoiyda aniqlangan. Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda viloyat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli Karmana tumani, “Yangi ariq” MFY hududida joylashgan yer maydonidan 79,3 ming kub metr. hajmdagi qum-shagʻal aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 milliard soʻmlik zarar keltirilgani fosh qilingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring