Samarqand tumanida 480 oʻrinli yangi ixtisoslashtirilgan maktab bunyod etilmoqda

20:16 28 Iyul 2023 Jamiyat
426 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Samarqand tumanining Gulobod mahallasida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimiga qarashli yangi ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi jadal davom etmoqda.

— Buning uchun 48,6 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan, — deydi “Texnostroy” MCHJ ish boshqaruvchisi Olim Toʻxtamurodov. — Shu tariqa taʼlim muassasasida zamonaviy oʻquv binosi, laboratoriya xonalari, yotoqxona, oshxona va sport zallari barpo etiladi. Hozirgacha qurilish ishlarining yetmish foizdan ortigʻi yakunlandi.

Bir gektar maydonni egallagan va 480 oʻrinli yangi maktab binosi joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bilim dargohi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, biologiya, kimyo, fizika, matematika va informatika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?